INSTITUTDA REKTOR VA TYUTORLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA REKTOR VA TYUTORLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

18:30 16.10.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov tomonidan tyutorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kelgusi ishlarni belgilab berish maqsadida institutda faoliyat olib borayotgan tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, institut profilaktika inspektorlari, fakultetlar dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tyutorlarning faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi. Erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

Talabalar bilan ishlash davomida ularning darslarda o‘z vaqtida ishtirok etishlari, kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlariga alohida e’tibor berishlari va bu borada eng avvalo murabbiylarning o‘zlari namuna bo‘lishi zarurligi yuzasidan muhim topshiriqlar aytib o‘tildi. Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga bag‘ishlangan tadbirlarni jadallashtirish, har bir talaba bilan yakka tartibda ishlash, ota-onalar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida tushuntirib o‘tildi.

  • Murabbiylar – talabchan, intizomli bo‘lishi, ilm va faollikda namuna bo‘lishlari zarur-deya, ta’kidladi institut rektori.

Shuningdek, tyutorlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida aniq rejalar belgilab berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!