OTMlar HAMKORLIGINING DOLZARB MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BOʻLIB OʻTDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OTMlar HAMKORLIGINING DOLZARB MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI BOʻLIB OʻTDI

14:01 19.10.2023

Bugun, 19-oktabr kuni Andijon davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy bo’linmalari va Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida dolzarb masalalarga bag’ishlangan o’quv-seminar o’tkazildi.

Mazkur seminarda respublika ishchi guruhining vakillari, Respublika ma’naviyat markazi viloyat bo’limi boshlig’i, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshliqlari, oliygoh psixologlari, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari, dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Seminar avvalida Prezident adminstratsiyasi masʼul xodimi, ishchi guruh rahbari Otabek Bozorov tomonidan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etish, talaba-yoshlar o’rtasida ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotga tashkiliy-amaliy ishlar samaradorligi hamda oliygoh psixologlar faoliyati doirasida yoshlar o’rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishlar tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i Umidillo Sattarov o‘tkazgan taqdimot-ma’ruzasida ta’lim va volontyorlik doirasidagi ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini yuzaga chiqarish va intelektual salohiyatini amalga oshirishga qaratilgan uchta yo’nalishning qamrov doirasida talaba-yoshlarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar to’g’risida ma’lumotlar berildi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, bo‘lim boshliqlari, yoshlar yetakchisi, profilaktika insoektorlari,  fakultetlar dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar so’nggida ishtirokchilarning sohaga oid takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, hududiy boʻlinmalarning hamkorligini yuqori darajaga koʻtarish boʻyicha muhim yoʻnalishlar belgilab olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!