INNOWEEK-2023 haftaligi doirasida, Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Malaya universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlangan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, o‘quv ishlari bo‘limi boshlig‘i Q.Isaqov hamda Xalqaro fakultet dekani G.Yaxshiboyeva, Malaya universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Tun MD Raus Sharif, Tibbiyot fakulteti dekani, professor Kiew Lik Voon, Xalqaro talabalar mobilligi bo‘limi boshlig‘i Tengku Ain Fathium ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy ishlar qilish, talabalar uchun yozgi lagerlarni tashkil qilish, qisqa va uzoq muddatli talaba va institut xodimlar mobilligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Hamkorlikda konfirensiyalar, seminar-treninglar o‘tkazishda ikki OTM mutaxassislari doimo tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, 4 ta: onkologiya, gemotologiya, onko-gemotologiya, xirurgiya yo‘nalishlarida hamkorlikda tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda tadqiqot o‘tkazish uchun bir yillik malaka oshirishni tashkil qilish rejalashtirildi.
Ma’lumot uchun, Malaya universiteti dunyodagi QS universitetlari reytingida 65-o‘rinni egallagan.