“ENG FAOL TALABA-YOSHLAR TEATR STUDIYASI” RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ENG FAOL TALABA-YOSHLAR TEATR STUDIYASI” RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI

17:21 25.10.2023

Bugun, 25-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Eng faol talaba-yoshlar teatr studiyasi” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 4 ta fakultet hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faol qizlaridan tarkib topgan “Shaddod qizlar” jamoalari ishtirok etdi.

Tanlovni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, barcha jamoalarga omad tiladi.

Davolash fakulteti jamoasi – “Qirmizi olma”, Stomatologiya fakulteti – “Afandining besh xotini”, Farmatsiya fakulteti – “Dil va Gul”, Pediatriya fakulteti –  “Jaydari kelin”, “Shaddod qizlar” jamoasi – “Kelinlar qo‘zg‘aloni” spektakllarini mahorat bilan namoyish etdilar.

Tanlov yakunida quyidagi nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi:

“Eng yaxshi spektakl” – “Qirmizi olma” spektakli (Davolash fakulteti);

“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” – “Dil va Gul” spektakli (Farmatsiya fakulteti);

“Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” – “Afandining besh xotini” spektakli (Stomatologiya fakulteti).

Ushbu jamoalarga diplom va 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, “Eng yaxshi erkak roli uchun” – Omadjon Xursanov; “Eng yaxshi ayol roli uchun” Zarnigor Qamchibekova; “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi rahbari” – Nodira Foziljonova (“Shaddod qizlar” talabalar teatr studiyasi badiiy rahbari) har biri 517 000 (besh yuz o‘n yetti ming) so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdilandilar.

 

Skip to content