Joriy yilning 13-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 14-noyabr – Xalqaro diabetlar kuni munosabati bilan “Diabetologiya bugun” nomli ilmiy-amaliy anjuman o‘tkziladi.
Anjuman Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi hamda I.I.Mechnikov nomli shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Barcha qiziquvchilarni ushbu anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz. Anjuman soat 12:00 da boshlanadi.