Bugun, 13-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-sonli qarorining ijrosi yuzasidan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi X.Qo‘chqorov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda hozirga qadar ijara xonadonlariga talabalarni joylashtirish bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi bosh mutaxassisi Y.Valiyeva yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashayotgan 290 nafar talabalarning arizalari, ko‘chmas mulk shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnomalar, uy-joyni ijaraga berish shartnomalari me’zon asosida ro‘yxatga olinganligini bildirgan holda ishchi guruhga tavsiya etdi. Yig’ilish davomida Yoshlar yetakchisi X.Qo‘chqarov tavsiyanoma berilgan talabalar bo’yicha ma’lumot berdi. Ishchi guruh tomonidan talabalar hujjatlari o`rganildi. Shuningdek, ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari bilan tanishish, texnika xafvsizlik qoidalari haqida tushuntirishlar olib borish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan talabalarning hujjatlari o‘rganilib, tegishli mezonlarga to‘laqonli mos keluvchi 284 nafar talabaning ijara to‘lovi asosli deb topildi va ijara to‘lovini bir qismini qoplab berish tizimiga qo‘shilishiga taklif kiritildi.