alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TURKIYANING NUFUZLI UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMINI IMZOLADI

22:14 14.11.2023

Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida O’zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalarining II xalqaro ta’lim forumi bo’lib o’tdi. Unga respublikamizning 40 dan ziyod va Turkiyaning 50 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur forumda, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madaminjon Madazimov boshchiligida institut delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari o’zaro akademik almashinuv, ilmiy amaliyot va malaka oshirish, talabalar almashinuvi, ilmiy uchrashuvlar va yozgi maktablar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish singari ko’plab yo’nalishlarda muzokaralar olib bordi va 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.

Ular qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti va Turkiyaning nufuzli Necmettin Erbakan hamda Ondokuz Mayis universitetlari bilan ilmiy va akademik hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar o’tkazilib, ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, har ikkala oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlikning muhim rivojlantish masalalari haqida suhbatlar o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!