alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMATLIK YOSHLAR BAYRAM TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

19:50 16.11.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektoriga Marhamat tumanidagi “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi 50 nafar yoshlar biriktirilgan.  Institut rektori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ushbu yoshlar bilan doimiy ravishda manzilli uchrashuvlar oʻtkazilmoqda hamda ularning ijtimoiy holati, murojaatlari va muammolarini batafsil oʻrganib, amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Bugun, 16-noyabr kuni mahalla yoshlaridan bir guruhi institutning Talabalar turar joyida 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturi va fakultetlar o‘rtasidagi “Osh chempionati”da ishtirok etdi. Ular ham talabalar tomonidan tayyorlanib, bayram dasturxoniga keltirilgan  palovlarga baho berdilar va konsert dasturida qatnashdilar.

Tadbir yakuni yoshlarni kitobga bo‘lgan mehrini oshirish va o‘zlari tanlagan sohada muvaffaqiyatlarga erishishlariga tilak bildirilgan holda institut rektori tomonidan yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!