Bugun, 24-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 25-noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori I.Yuldasheva, Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi psixologi D.Kasimova, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori, kapitan G.Abduvoxidova ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar mavzusida atroflicha fikr bildirib, jamiyat hayotida ayollar huquqini mustahkamlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, ayollarga nisbatan zo’ravonlik tenglik, taraqqiyot va tinchlik, ayol-qizlar huquqlariga erishish yo’lidagi to’siq ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar ruhiyatidagi muammolarni bartaraf qilish yo‘llari borasidagi maslahat va tavsiyalar aytib o‘tildi.