alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA CHEMPION BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

12:08 25.11.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari birgina tibbiyot sohasida emas, sportda ham ulkan yutuqlarga erishmoqda.

Xitoyning Hangjou shahrida bo‘lib o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarining suzish bahslarida S13 klassida 100 metr masofaga batterflay usulida suzishda Davolash fakulteti Kasb ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich 415-guruh talabasi Tursunxo‘jayev Muzaffar Shuxratillo o‘g‘li oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bugun, 25-noyabr kuni institutda M.Tursunxo‘jayev bilan uchrashuv tashkil qilindi.Unda Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Kasb ta’limi yo‘nalishi dekani, dotsent F.O‘rinov Muzaffarning erishgan g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, uning shaxsiy fazilatlari, tirishqoqligi, faolligi va samimiyligi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, M.Tursunxo‘jayev sportga kirib kelishi, bugungi kunda erishayotgan yutuqlari zamirida katta mehnat va harakat borligi haqida aytib o‘tdi.

– Mag‘lubiyatlardan tushkunlikka tushish emas balki, xatolarni anglagan holda ularni bartaraf etishga intilish g‘alabaga eltadi – deydi, Muzaffar.

Tengdoshlarining ham o‘z maqsadiga erishishlarida astoydil mehnat qilib yutuqlarga erishishlariga tilak bildirgan chempion kelajakda har ikki tanlagan sohasidan voz kechmagan holda sport tibbiyotini rivojlantirish niyatida ekanini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!