Bugun, 27-noyabr kuni Andijon davlat institutida 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchi (DSc, PhD) hujjat topshirgan nomzodlarga kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kirish imtihonida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor hamda komissiyasi a’zolari, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, kuzatib bordi. Imtihon jarayonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya orqali adolatli, shaffof tarzda o‘tkazildi. Unda tayanch doktorantura (PhD) 4 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 6 nafar, mustaqil izlanuvchilikka (PhD) 4 ta mutaxassislik bo‘yicha 7 nafar talabgorlar imtihon topshirdi.
Shuningdek, mustaqil izlanuvchilikka (DSc) 2 ta mutaxassislik bo‘yicha 2 nafar nomzod suhbatdan o‘tkazildi.