“SOG‘LOM HAYOT SARI – BIRGALIKDA” SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SOG‘LOM HAYOT SARI – BIRGALIKDA” SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

13:51 28.11.2023

Bugun, 28-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot  institutida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassislari ishtirokida  “Sog‘lom hayot sari – birgalikda” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqishi, yuqish yo‘llari va undan himoyalanishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida  ma’lumotlar berildi.

Viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva mazkur kasallikka qarshi kurash bo‘yicha respublikada amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar yuqorida ta’kidlangan mavzular yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Tadbirdan so‘ng, talabalar anonim tarzda tezkor ekspres test topshirdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!