Andijon davlat tibbiyot instituti “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda fakultet dekanatlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, dekan o‘rinbosarlari va mas’ullar ishtirok etdilar.
Ishtirokchilarga Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov bo‘limning maqsad va vazifalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan faoliyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Shuningdek, dekanatlar, bo‘limlar xodimlariga murojaat qilib kelgan fuqorolarga, talabalar bilan muomala madaniyatiga rioya qilgan holda suhbatlashish, muammolarini hal etishga ko‘maklashish va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik aytib o‘tildi.