Bugun, 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “OIV/OITS – dolzarb muammo” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri B.Mirzakarimov, yuqumli kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, talabalar ishtirok etdi.
Unda mutaxassislar tomonidan OIV va OITS kasalligi tushunchalari, kelib chiqishi, yuqish hamda rivojlanish omillari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda jahonning eng global muammosiga aylangan, kasallikning oldini olish, unga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida tushunchalar berildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad talabalarning OIV (Odamning imunitet tanqisligi virusi) va OITS (Ortirilgan imunitet tanqisligi sindiromi) kasalligi, uni yuqish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berib, uning jamiyatda tarqalishi va yuqishida har bir insonning roli katta ekanligi aytib o‘tildi.