alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “KONSTITUTSIYA BILIMDONLARI” OLIMPIADASI O‘TKAZILDI

17:29 04.12.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-son farmoyishiga muvofiq, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, asosiy prinsip va qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qiziqtirish, hayotda munosib o‘rin topishlarida Bosh Qomusimizning ahamiyati va rolini tushunib olishlariga munosib sharoitlar yaratish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, bugun, 4-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha “Konstitutsiya bilimdonlari” olimpiadasi o‘tkazildi.

 

Unda Hakamlar hay’ati tomonidan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida savollar tuzildi. Mazkur savollarga olimpiada qatnashchilari yozma va og‘zaki tarzda javob berdi. Yakuniy natijalar 5-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!