Bugun, 12-dekabr kuni Davolash fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, institut Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida odob-axloq qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Darslarga o‘z vaqtida qatnashish va fanlarni yaxshi o‘zlashtirish muhimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli taskil etish, xorijiy tillarni o‘rganish yuzasidan tavsiyalar berildi. Profilaktika inspektori tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, internet ijtimoiy tarmoqlaridagi turli firibgarlarga aldanib qolmaslik haqida tushuntirish berildi.