TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA ISHCHI GURUHNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA ISHCHI GURUHNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

15:35 13.12.2023

Bugun, 12-dekabr  kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-sonli qarorining ijrosi yuzasidan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i D.Matmusayev, bo‘lim xodimlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hozirga qadar ijara xonadonlariga talabalarni joylashtirish bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashayotgan 160 nafar talabalarning arizalari, ko‘chmas mulk shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnomalar, uy-joyni ijaraga berish shartnomalari me’zon asosida ro‘yxatga olinganligini bildirgan holda ishchi guruhga tavsiya etdi. Ishchi guruh tomonidan talabalar hujjatlari o‘rganildi. Shuningdek, ijarada yashayotgan  talabalarning sharoitlari bilan tanishish, texnika xavfsizlik qoidalari haqida tushuntirishlar olib borish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh tomonidan talabalarning hujjatlari o‘rganilib, tegishli mezonlarga to‘laqonli mos keluvchi 159 nafar talabaning ijara  to‘lovi asosli deb topildi va ijara to‘lovini bir qismini qoplab berish tizimiga qo‘shilishiga taklif kiritildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!