alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT TALABALARI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

22:24 19.12.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi (O’RQ-880-son) O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida hamda “Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilaylik” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash fond rahbari viloyat kengashi deputati Z.Ismoilova, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” raisi M.Musayeva, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi matbuot kotibi A.Rayimjonov ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirib, o‘zgartirish kiritilgan ayrim qonun hujjatlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarida haydovchi va yo‘lovchi sifatida harakatlanish davomida ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilish haqida aytilib, harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslikning salbiy oqibatlarini hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!