Joriy yilda o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Turkiya” “Salomatlik forumi” va “II-O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi” davomida Andijon davlat tibbiyot instituti Turkiya oliy ta’lim muassasalari xususan, Ege universiteti bilan talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarning tibbiy bilimlarini hamda pedagog-o‘qituvchilar, shifokorlarning malakasini oshirish masalasida kelishuvlarni amalga oshirgan.
Bugun, 21-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Turkiya davlati Ege universiteti Stomatologiya fakultetining Paradontologiya kafedrasi professori (paradontolog) Nurjan Buduneli, Restavratsion stomatologiya kafedrasi professori (stomatolog-restavrator) Lezize Shabnem Turkun, Oral radiologiya kafedrasi professori (tish-jag‘ radiologi) Guneri Pelingni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan har bir harakatlar bu albatta ikki mamlakat tibbiyot sohasini rivojiga hissa qo‘shib, yetuk mutaxassislarni yetishtirib chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr almashdi.
Shuningdek, professorlarning institut o‘quv jarayoniga jalb etish, ular tomonidan ma’ruza va darslar o‘tkazishlari bo‘yicha qilingan kelishuvlar, ularning amalga oshirilish tartibi haqida suhbat o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almshdi. O‘zbek milliy liboslari, turkiyalik mehmonlarga manzur keldi va ular liboslarning betakrorligini e’tirof etdi.