Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti va Turkiya davlatining Ege universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik doirasida bir guruh professorlar institutga ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazish maqsadida yetib keldi.
Bugun, 21-dekabr kuni Ege Universiteti Stomatologiya fakultetining Paradontologiya kafedrasi professori (paradontolog) Nurjan Buduneli, Restavratsion stomatologiya kafedrasi professori (stomatolog-restavrator) Lezize Shabnem Turkun, Oral radiologiya kafedrasi professori (tish-jag‘ radiologi) Guneri Peling tomonidan talabalar, magistrantlarga ma’ruzalar o‘tkazish boshlandi.
Bir necha kun davomida darslar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.