Andijon davlat tibbiyot institutida «Yangi yil – yangi maqsadlar ro’yobi bo’lib kel!» shiori ostida Yangi yil karnavali o’tkazildi.
Tadbir avvalida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda barcha qatnashchilar va yularning oila a’zolariga ilmiy, ijodiy muvaffaqiyat, sihat-salomatlik, shod-u, hurramlik, baxt-u, saodat yor bo‘lishiga tilak bildirildi.
Iqtidorli talabalar tomonidan ertak qahramonlari obrazida “Yangi yil ertagi” namoyish etildi. Undagi qahramonlarning ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi, quvnoq ertak qahramonlarining shodon chiqishlari, qo‘shiq va raqslar mahorat bilan ijro etildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari ishtirokida qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Viloyatning xushovoz honandalari tomonidan kuylangan sho‘x qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi. Institut talabalaridan tarkib topgan “Ulfatlar” jamoasining quvnoq chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bayramning an’anaviy qahramonlari Qorbobo va Qorqiz, sirli ertak qahramonlarining sarguzashtlari orqali kechaning shukuhi yanada ortdi.