Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng maroqli ta’til haftaligi”ni e’lon qilamiz. Ushbu haftalik doirasida 3 ta onlayn tanlovlar o‘tkaziladi.
Tanlovlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
- “Men ta’tilni qanday o‘tkazaman?” mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi (1-ilova);
- “Men yoqtirgan fasl” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi (2-ilova);
- “Muhammad Yusufni eslab!” mavzusida “Eng yaxshi she’rxonlik” tanlovi (3-ilova);
Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga kelib tushgan materiallar tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Gʻoliblarga institut rektorining diplomi va pul mukofotlari topshiriladi.
Tanlovga yuborilayotgan materiallar #eng maroqli ta’til haftaligi heyshtegi ostida joriy yilning 25-dekabridan, 2024-yil 7-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlaringizni ushbu Telegram botga yuborishingiz mumkin: @adtitanlovbot
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov faqat Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun!
Tanlov nizomi havoalada: Onlayn tanlovlar qishki ta’til_2023_2024