Yangi yil – bolajonlar intiqib kutadigan bayram. Ayniqsa, bu bayramning sovg‘alari ularni juda sevintiradi.
Ana shu ko‘tarinki kayfiyatni yetkazish uchun Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi tomonidan kirib kelayotgan yangi 2024-yilni bayramona kutib olish, institut xodimlari va albatta ular orqali bolajanlarni quvonchiga quvonch qo‘shish maqsadida bayram sovg‘alari tarqatildi.
Institutda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o’qituvchilar va texnik-xodimlarga bayram sovg’alari yetkazildi. Bunday g‘amxo‘rlikdan barcha birdek minnatdor bo’ldi. Bayram muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!