BOLALAR JARROHLIGI YO‘NALISHI BO‘YICHA XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN MA’RUZA VA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOLALAR JARROHLIGI YO‘NALISHI BO‘YICHA XORIJLIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN MA’RUZA VA AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI

13:19 24.01.2024

Andijon davlat tibbiyot institutining bolalar jarrohligi kafedrasiga xalqaro aloqalar doirasida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridan bir guruh bolalar jarrohligi yo‘nalishi mutaxassislari tashrif  buyurdi. Mazkur tashrifda o‘zaro tajriba almashish, mahorat darslari o‘tish va talabalarga mutaxassislikka oid zamonaviy tashxislash, davolash usullari bo‘yicha seminar hamda maʼruzalar o‘qib berish ko‘zda tutilgan.

Tadbirning birinchi kuni “Bolalar jarrohlarining mintaqalararo jamiyati” ning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish bilan boshlandi. Ushbu tadbirda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Federatsiyasi Milliy Ilmiy tibbiyot universiteti Y.F.Isakov nomidagi bolalar jarrohligi kafedrasi dotsenti t.f.d., V.V.Xolostova, t.f.n., dotsent N.A.Al-Mashat, t.f.n., dotsent P.M.Yarustovskiy hamda Qirg‘iziston davlatidan bir guruh mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan “Bolalar xirurgiyasida kaminvaziv davolash usullari” hamda “Girshprung kasalligini zamonaviy davolash usullari” mavzularida maʼruzalar o‘qib eshittirildi. Tadbir savol-javob va fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.

Mehmonlar institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov bilan uchrashib, talabalar alamashinuvi va talabalar ilmiy jamiyatini hamkorlikda yuritish bo‘yicha suhbatlashdi.

 

Xorijlik mutaxassislar Pediatriya fakultetining talabalari, klinik ordinatura va magistratura talabalariga mavzular bo‘yicha seminar hamda maʼruzalar o‘tdi. Shuningdek, bolalardagi anorektal tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha 5 nafar bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini mahorat dars sifatida bajardilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!