alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA MILLIY GVARDIYA XODIMLARI VA TALABALAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

12:24 27.01.2024

Yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, zamonamiz qahramonlarining mashaqqatli mehnati va kasb mahorati, hayotiy tajribalarini yoshlarga yetkazish maqsadida bugun, 27-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, kichik serjant Shohrux Roʻzimatov bilan talaba-yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, institut Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, dekan o‘rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalar tadbir mehmoni tomonidan aytilgan harbiy soha xodimlarining hayoti va sohada erishilayotgan yutuqlar zamiridagi mashaqqatli mehnat haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldi.

Inson qaysi bir soha vakili bo‘lishidan, bo‘sh vaqti kamligidan qat’iy nazar kitob o‘qishga vaqt topishi  bu nafaqat o‘zining balki, farzandlarining ham ilm yo‘lidan borishlariga zamin yaratishini ta’kidladi.

Shuningdek, Sh.Roʻzimatov jahon adabiyotining yorqin vakillarining ilm va kitob o‘qishga chorlagan iqtiboslarini keltirib o‘tar ekan: “-Tubsiz quduqqa tushib ketsangiz undan chiqish uchun ham bilim kerak. Buning asosi esa kitob o‘qishdir” – deya, ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida turli ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lmaslik, ularda tarqatilayotgan yolg‘onlarga aldanmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!