VOLONTYORLAR AHOLI VAKILLARI O‘RTASIDA SO‘ROVNOMA O‘TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VOLONTYORLAR AHOLI VAKILLARI O‘RTASIDA SO‘ROVNOMA O‘TKAZDI

17:58 31.01.2024

Shifokorlar doimo inson o‘zini sog‘lom his qilsa ham yilda bir marta profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turishini tavsiya qiladilar. Boisi bunda kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, kerakli davo choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Andijon davlat tibbiyot institutining ko‘ngilli talabalari esa aholini sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular shahrimizdagi dehqon bozorida bo‘lib, u yerdagi aholi vakillariga qator savollar bilan murojaat qildi. Talabalarning “ – Qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgansiz?”, “- Sog‘lom turmush tarziga rioya qilishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida bilasizmi?” – degan, savollariga yurtdoshlarimiz turlicha javob berdi.

Ularning aksariyati tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmasliklarini bildirdi. Talabalar tomonidan esa to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan doimiy shug‘ullanish insonlar salomatligini saqlashga katta yordam berishi va uning oson qoidalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan yilda bir marotaba o‘tish muhim ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!