MALAKALI IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIY YORDAM AHOLIGA YAQINLASHTIRILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MALAKALI IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIY YORDAM AHOLIGA YAQINLASHTIRILDI

18:23 31.01.2024

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasining terapiya, xirurgiya, tug‘ruq, reanimatsiya, nevrologiya, bolalar bo‘limlarida davolanayotgan 250 nafardan ziyod bemorlar ko‘ruvchi va og‘ir bemorlar konsiliumi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning yetakchi xodimlari t.f.n., dotsentlar D.Soliyev (terapevt), U.Abduqodirov (nevropatolog), N.Bozorov (xirurg), X.Xonkeldiyeva (pediatr), N.Ahmedova (ginekolog), B.Dauletbayev (kardiolog), Z.Mirzayeva (pediatr), R.Mamadayev (reanimatolog) ishtirok etdi.

Mutaxassislar yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limda davolanayotgan bemorlarni davolovchi shifokorlar bilan ko‘ruv o‘tkazib, davolash rejalari bo‘yicha kerakli maslahatlarini berdi. Shifoxonada davolanayotgan 8 nafar og‘ir ahvoldagi bemorlar konsiliumi o‘tkazilib, 1 nafar bemorga tuman sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatish qiyinligi sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir davomida murojaat qilgan bir nafar bemorda mutaxassisimiz tomonidan jarrohlik va yana bir nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!