2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan bugun, 1-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda «Qizlar marafoni» nomli motivatsion trening bo‘lib o’tdi.
Ushbu marafonda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Respublikamizni ko’zga ko’ringan tadbirkor ayollari: «Faol tadbirkor» ko’krak nishoni hamda O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan o’tkazilgan «Ishbilarmon ayol» respublika ko‘rik-tanlovi 1-o’rin sohibasi G.Tojimirzayeva hamda «Kelajak bunyodkori» medali sohibasi, Oliy Majlis Senatining «Yetakchi ayollar» yo‘nalishi a’zosi, «Shoxon-Shoirabegim» MChJ rahbari Sh.Karimova va talabalar qatnashdi.
Uchrashuv davomida so‘z olgan mehmonlar o’zlarining faoliyati, erishgan yutuqlari bo’yicha motivatsion trening o‘tdi. Ularning faoliyatiga oid video roliklar namoyish etildi. Bu orqali talabalarga o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yib, u tomon ishonch bilan harakat qilish zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni oldi.