alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI XORIJLIK TALABALAR BILAN UCHRASHDI

20:10 06.02.2024

Bugun, 6-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashdi.

Dastlab, ayni paytda talabalar nimalar bilan bandligiga qiziqqan rektor talabalarni dars tayyorlayotgan, kitob o’qiyotgan, sport bilan shug‘ullanayotgan va oshxonada taom tayyorlayotgan holatda uchratdi. Mas’ullar bilan birgalikda xonalarni tartibli saqlanayotganligi ko‘zdan kechirildi va doimiy tarzda tozalikka rioya qilish zarurligi aytib o’tildi. Ozodalikka yetarlicha e’tiborli bo‘lmagan talabalar ogohlantirildi. Eng sarishta xona egalari esa taqdirlanishi aytib o‘tildi.

Suhbat davomida talabalarga darslarga o‘z vaqtida qatnashish va bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishlari yuzasidan tavsiyalar aytib o‘tildi. Talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, savollariga javob berildi. Odob-axloq, kiyinish madaniyatiga rioya qilish va institutning ichki tartib-qoidalari haqida tushunirish ishlari olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!