Bugun, 9-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli birlamchi tizim faoliyatini o‘rganish maqsadida tumanda bo‘ldi.
U yerda mazkur tibbiyot birlashmasi boshlig‘i G‘.Jaymanov bilan birgalikda tumandagi 17 ta birlamchi tizim (1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va uning 2 ta bo‘linmasi, 6 ta oilaviy poliklinika va 8 ta oilaviy shifokorlik punkti)dagi holat o‘rganildi. Tashrif davomida 6-oilaviy poliklinika va “Chek” oilaviy shifokorlik punktlarining hududlaridagi obodonlashtirish holatlari bo‘yicha masʼullarga kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mas’ullar Mehnatobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, bu yerda joriy yining 10-fevral kuni o‘tkaziladigan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka tayyorgarlik bo‘yicha holat o‘rgandi. Masʼullarga xonalar va jihozlar, tekshiruv uchun zaruriy tibbiy uskunalar bo‘yicha tavsiya berilib, zarur bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxati tuzildi.
Tumanda onalar o‘limining oldini olish, homilador ayollar patronajini tashkil etish bo‘yicha barcha akusher-ginekologlar hamda doyalarga joriy yilning 13-fevral kuni ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada institutning yetakchi mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.