alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI O‘TKAZILMOQDA

13:38 13.02.2024

Bugun, 13-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  “Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” hamda “Obodonlashtirish haftaligi” doirasida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ishchi-xodimlar oliygoh hududidagi yer maydonlariga agrotexnik ishlov berib, ariqlar ichini tozalash, yo‘l cheti to‘siqlarini oqlash, o‘quv va Talabalar turar joyi binolarning atrofini tozalash, ariqlarni chopqilab, tartibga keltirish, chiqindilarni bartaraf etish kabi keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, mutaxassislar bilan hamkorlikda bosh o‘quv binosining fasad qismidan 934 metr kvadrat qismini bo‘yash, binoning 1300 metr kvadrat tom qismlarini 260 metr kvadrat qismi moyli bo‘yoq bilan pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Institut hududini o‘rab turuvchi 220 temir panjaralari buzish (demontaj) ishlari bajarilib, yangi temir panjara devorlari uchun 102 metr lentasimon beton quyish ishlari va temir ustunlar o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Qozonxonadagi 20 metr mo‘ri trubalarini buzish (demontaj) ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Binoning yon hududidagi 3500 metr kvadrat yerni maydonida traktor yordamida yer yumsharish ishlari, 240 dona mevali ko‘chatlar (bodom, olma, o‘rik, gilos) ekish va 1000 dona manzarali Viola gul ko‘chatlari, 300 dona teral qalamchalari ekish ishlari institut texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari tomonidan bajarilmoqda.

Atrof-muhit tozaligiga tinimsiz o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha xodimlarga kuch-quvvat tilaymiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!