Joriy yilning 29-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondoshuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani xorijiy yosh olimlar ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ilmiy-amaliy anjumanda respublika va xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yosh
olimlari, magistr va iqtidorli talabalari gibrid (onlayn va oflayn) tarzda ishtirok etishlari
mumkin.
Anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar va tezislar qabul
qilinadi:
– Ichki kasalliklar
– Jarrohlik yo‘nalishi
– Akusherlik-ginekologiya va pediatriya
– Mediko-biologik fanlar
– Stomatologiya yo‘nalishlari
– Farmokologiya yo‘nalishlari
Anjumanning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari. Ushbu Ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruza va tezislar bilan ishtirok etish istagidagi talabgorlar axborot xati bilan tanishib, batafsil ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ma’ruza va tezislar joriy yilning 15-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
Batafsil:Ахборот хати АДТИ 29.03.2024