2024-yilning 18-19-oktabr kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida “Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Unda xorijiy davlatlar va respublikamizning tibbiyot yo‘nalishi
professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari va izlanuvchilari ishtirok etish uchun taklif etiladi.
Ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruza va tezislar bilan ishtirok etish mumkin.Tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Mazkur anjuman uchun tezislarni 2024-yilning 31-avgust kuniga qadar
bolalar.jarroxligi@mail.ru elektron manzilga yuborishingiz so‘raladi.
Anjuman yo‘nalishlari va tezislarga qo‘yilgan talablar bilan axborot xatida batafsil tanishishingiz mumkin.