REKTOR IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ YOSHLAR MUAMMOLARINI O’RGANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ YOSHLAR MUAMMOLARINI O’RGANDI

12:26 22.02.2024

Bugun, 22-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov Marhamat tumanidagi  “Qovunchi” mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning xonadonlarida boʻldi. Unda  yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi hamda turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Institut rektori yigit-qizlar, xonadon egalarining muammolarini eshitdi va ularning aksariyati joyida hal etildi. O‘rganish va vaqt talab etiladigan muammolar yuzasidan nazorat o‘tkazish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, institut rahbari hech bir yosh e’tibordan chetda qolmasligi va ularga sharoit yaratib berish, qo‘llab-quvvatlash yo‘lida doim birga bo’lishini bildirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!