MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA KIRISH SUHBATI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA KIRISH SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

08:57 27.02.2024

Joriy yilning 26-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 2024-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish suhbati o‘tkazildi.

Mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun ixtisosliklar bo‘yicha talabgorlarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining http://phd.mininnovation.uz/ platformasi orqali elektron joylashtirildi va qabul qilindi. Barcha izlanuvchilar ilmiy rahbar va maslahatchilar bilan taʼminlangan.

 

Suhbat jarayonida komissiya a’zolari va institutning Korrupsiyaga qarshi kurash va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan suhbat jarayonini tashkil etish va uni adolatli, shaffof tarzda o‘tkazish  yuzasidan fikrlar aytib o‘tildi.

Mustaqil izlanuvchilikka suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tavsiya etildi. Tavsiya qilingan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi institutdagi ixtisoslikning tegishli bo‘lgan fan tarmog‘iga muvofiq kelgan.

Barcha mustaqil izlanuvchilarning nazariy-metodologik kurslarni o‘zlashtirishi, malakaviy imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishi, ilmiy nashrlar hamda amaliyotga tadbiq etishlari bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishlariga sharoit yaratilgan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!