ANDIJONLIK BITIRUVCHILAR ISHTIROKIDA “BITIRUVCHILAR TAQSIMOTI” YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONLIK BITIRUVCHILAR ISHTIROKIDA “BITIRUVCHILAR TAQSIMOTI” YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

16:30 01.03.2024

Bugun, 1-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy o‘quv binosida 2023-2024-o‘quv yili bitiruvchilaridan doimiy yashash manzili Andijon viloyati bo‘lgan talabalarni taqsimoti (Ishga joylashtirish, bo‘lajak ish joylarini aniqlash) bo‘yicha “Bitiruvchilar taqsimoti” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzajonov, institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov, Marketing va talabalar amaliyot bo‘limi boshlig‘i A.Ziyayev, bo‘lim bosh mutaxassisi U.Dadajonov, bir guruh ish beruvchilar va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar Davlatimiz rahbarining joriy yilning 5-fevral kuni 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlashda oliygoh va ish beruvchilar hamkorligini yo‘lga qo‘yish  masalalarini ilgari surganligini ta’kidladi.

Tor doira mutaxassislarini tayyorlashda ish beruvchilar talabidan kelib chiqish muhimligi aytib o‘tildi. Bu ish beruvchilarning mutaxassisga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, bitiruvchilarni yashash manzillariga yaqin hududlardan ish o‘rinlariga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi.

Joriy o‘quv yilida institutni 897 nafar andijonlik bitiruvchilar tamomlaydi. Mazkur tadbir davomida ish beruvchilar so‘z olib, talabalar va magistrantlarni ishga joylashtirish masalasida qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi. Shuningdek, hududlar kesimida bitiruvchilar shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga biriktirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!