Andijon davlat tibbiyot instituti Germaniyaning Rostok universiteti bilan bir necha yildan buyon ta’lim va fan sohasida faol hamkorlik qilib kelmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida Rostok universitetining urologiya va uroonkologiya sohalari mutaxassislari institutga yetib keldi. Bugun, 4-mart kuni institut rektori M.Madazimov Rostok universiteti Urologiya klinikasining direktori, professor Oliver Hakenberg va doktor Kernig bilan uchrashdi. Unda germaniyalik mutaxassislar tomonidan institutda mahorat darslari, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va operatsiyalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Ushrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashdi.
Shundan so‘ng, Oliver Hakenberg tomonidan “Urologiya kasalliklarni aniqlash va uni davolashda yangi jarrohlik usullari” mavzusida institutning Xorijiy va Davolash fakultetlari talabalariga ma’ruza o‘qildi.
Xorijlik urologiya va uroonkologiya sohalari mutaxassislari joriy yilning 9-mart sanasiga qadar institutda mashg‘ulotlar o‘tkazishlari rejalashtirilgan.