![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-03-25_13-23-41.jpg)
Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil oluvchi qo‘shma ta’lim dasturining bir guruh iqtidorli, xalqaro va respublika olimpiadalari g‘olib hamda sovrindorlari bo‘lgan talabalarining ota-onalari institut rektorining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Kuni kecha institut rektori M.Madazimov talabalarning ota-onalari bilan uchrashdi va ularning erishgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi. Talabalarning ota-onalari farzandlarining sifatli ta’lim olishlari, jahon miqyosida yutuqlarga erishishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan mamnunliklarini bildirdi.
Uchrashuv davomida talabalar: Hojiakbar Kozimov, Muhammadsaydullo Oribjonov, Shukurullo Shokirov, Jamshid Xakimjonov amaldagi stipendiyaning 2 barobari miqdorida rag‘batlantirildi, ularning ota-onalari esa tashakkurnoma bilan taqdirlandi.