Bugun, 18-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov davlat xususiy sherikchiligi asosida qurib bitkazilayotgan 400 o‘rinli Talabalar turar joyidagi jarayonlar bilan tanishdi.
Mazkur binoning qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlandi va jihozlash ishlari boshlab yuborildi. Unga keltirilgan kitob javonlari, oshxona jixozlari ko‘zdan kechirildi. Yangi TTJ hududiga mevali, manzarali daraxtlar, gullar ekib, obod qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida rektor boshchiligida xodimlar tomonidan TTJ yashil hududlarini yana-da obod qilish maqsadida yangi 50 tup pavloniya, 500 tup terak daraxti va 2000 ta atirgul ko‘chatlari ekildi. Maydonlar begona o‘tlardan tozalandi.