Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son
qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston —2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 22-apreldan 22-maygacha 2 bosqichda oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan 2024-yil 22-apreldan 10-mayga qadar davlat oliy taʼlim
muassasalari talabalari ishtirokida, muassasaning sport maydonlarida grafik-jadvalga asosan jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkaziladi.
Andijon davlat tibbiyot institutida o‘tkaziladigan jismoniy tayyorgarlik sinovlarining grafik-jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: ADTIdan jismoniy tayyorgarlik sinovlari grafik-jadvali