TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Andijon davlat tibbiyot institutiga xususiy tashabbuskor “NURMATOV HIGH-TECH BUILD” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Andijon davlat tibbiyot instituti (0,3 gektar) hududida 800 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun so’rov
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 8-iyunga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
Andijon davlat tibbiyot instituti |
Elektron pochta manzili: info@adti.uz |
Telefon raqami: +998 (74) 223 94 59 +998 (98) 570 31 91 |
Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh koʻchasi 8 uy, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi hududi. |
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz |
Telefon raqami: +998(71) 203-32-23 |
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: pppd@imv.uz, Alisher.Normurodov@imv.uz |
Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01936) |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy. |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.