Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Shveysariya davlatidagi ELZA instituti bosh direktori, “Light for sight” jamg‘armasi a’zosi, Toshkentdagi MESCA (Markaziy Osiyodagi Tibbiy Mahorat va Ilm-fan fondi) Foundation-National Eye Institute (Milliy ko‘z instituti) direktori Nikki Hafezi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish yuzasidan takliflar bildirilib, fikr almashildi.
Shuningdek, xorijlik mutaxassis institutda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etildi. Nikki Hafezi ushbu taklifdan mamnunligini bildirib, mustahkam hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alarini topshirdi.