Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazildi.
Unda Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida joylashgan Onkologiya va transplantologiya milliy ilmiy markazi onko-gematologik reanimatsiya bo‘limi mudiri Merenkov Yevgeniy Anatolyevich tomonidan “O‘pka sun’iy ventilyatsiya apparatini ishlatish asoslari” mavzusida maʼruza va mahorat darslari o‘tkazildi.
Kun davomida qismlarga bo‘lingan holda tashkil etilgan mashg‘ulotda “O‘pka sun’iy ventilyatsiya asoslari. O‘pka sun’iy ventilyatsiyasida tartibga solinadigan parametrlarni muhokamasi”, “O‘pka sun’iy ventilyatsiya usullari va rejimlarining yangi tasnifi”, “PRVC-SIMV ikki tomonlama boshqaruv va teskari aloqa rejimi”, “O‘pka ventilyatsiyasi intellektual yechimi: AMV (Adaptive Minute Ventilation) +IntelliCycle” mavzularida ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, amaliy jarayonlarda ushbu apparatlarning ishlashi, o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.