Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Turkiya davlatining “Hacettepe” Tez tibbiy yordam kattalar shifoxonasi bosh shifokori Bulent Erbil, “Hacettepe” kasalxonalari bosh shifokori, kardiologiya bo’limi boshlig’i Nejla Ozer bilan uchrashdi.
Unda rektor mehmonlarning tashrifidan mamnunligini bildirdi. Tomonlar ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻquv va ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, akademik almashinuvi masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, mutaxassislar operatsiya jarayonida ham ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.