alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, ZAKOVAT!

11:32 01.05.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari diqqatiga!

Institut talabalari o’rtasida «Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida mamlakatimiz adabiy muhitiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ijodkorlar: Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov hamda Davron Rajab hayoti va ijodi, xususan asarlari asosida «Zakovat» intellektual o’yini bo’yicha turnir bo’lib o’tadi!

Ushbu o’ziga xos adabiy turnirda talabalar 6 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.

Har bir jamoa sardori o‘z jamoasining tarkibi hamda nomini institut “Zakovat” intellektual klubi koordinatori @shoxjahon_abduraxmonov ga Telegram orqali yuborishi talab qilinadi.

Turnir joriy yilning 3-may, juma kuni soat 16:30 da institut asosiy o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi!

Barcha talabalarni ushbu turnirda jamoaviy ko’rinishda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Turnir bo’yicha yangiliklarni institut “Zakovat” intellektual klubining Telegramdagi kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://t.me/ADTI_Zakovat_klub

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!