Bugun, 1-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Turkiya Respublikasining Karabuk universiteti Biotibbiyot muhandisligi va sanoat dizayni muhandisligi kafedrasi dotsenti, biofizik Hatije Evlen bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelajakda oʻqituvchilarni malaka oshirishi, talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim loyihalari boʻyicha ishlar olib borish boʻyicha kelishuv yoʻlga qoʻyish masalalarida muhokamalar o‘tkazdi.
Biofizika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida Karabuk universiteti rektori tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumini Hatije Evlen universitet nomidan topshirdi va institut rektori M.Madazimov tomonidan imzolandi.