Bugun, 2-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Sankt-Peterburg Reaviz universitetining Ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori, professor Xayrullin Radik Magzinurovich o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kelajakda oʻqituvchilarni malaka oshirishi, talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim loyihalari boʻyicha ishlar olib borish boʻyicha kelishuv yoʻlga qoʻyish masalalarida muhokamalar o‘tkazdi.
Institut hayoti, unda amalga oshirilayotgan yangiliklar, fakultetlar faoliyati, ta’lim jarayoniga jalb qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar aks etgan videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv davomida institut talabalari va profossor-o‘qtuvchilari uchun “Kadaver va disseksiya” kurslarini tashkil etish, birgalikda ilmiy jurnallar joriy qilish masalasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mehmonga esdalik sovg‘asi topshirildi.