Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Yoshlar masalasini muvofiqlashtirish yuzasidan Marhamat tumaniga biriktirildi.
Shu munosabat bilan bugun, 2-may kuni tuman hokimiyatida hokim o‘rinbosari A.Mahammatov va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tumanning Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, Adliya, Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari va tuman mahallalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida qatnashchilarga jinoyatga moyil bo‘lgan, migratsiyadagi, ishsiz, maktab bitiruvchilari, professional taʼlim o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va og’ir toifadagi yoshlar toifalarga biriktirilgan mas’ullarga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.
Unga ko‘ra, bo‘limlar tomonidan otaliqqa olingan yoshlar doimiy nazorat qilinadi. Ushbu masala yuzasidan qatnashchilarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yuqoridagi vazifalar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xisobot shakli va muddati belgilab berildi.