Bugun, 3-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida Xalqaro fakultetning 1-bosqich talabalari uchun «Dhavai» bayrami bo‘lib o‘tdi.
Unda institut prorektorlari, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, fakultetlar dekanlari va xorijlik talabalar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar talabalarni ushbu bayram bilan tabriklab, talabalarning o‘qish va ishlariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, bayramning musiqiy qismiga navbat berildi. Unda hindistonlik, pokistonlik talabalar tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Bayram tuhfasi sifatida o‘zbekistonlik hamda qoraqalpog‘istonlik talabalar ham qo‘shiq va raqslar «guldastasi»ni taqdim etdi. Bayram ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.