Andijon davlat tibbiyot institutining go‘zal, bilimdon talaba-qizlari diqqatiga!
Siz faol, tashabbuskor va yangiliklarni amaliyotga joriy qilish hamda unga tengdoshlaringizni ham jalb qilish qobiliyatlariga egamisiz?
U holda ushbu taklifimiz aynan siz uchun.
Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi tomonidan «Lider qizlar klubi» shakllantirilmoqda.
Ushbu klubga a’zo bo’lish istagidagi talaba-qizlarni ertaga 10-may kuni soat 14:00da institutning Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limida kutib qolamiz.
Bizning safimizda bo‘ling! Orzularga birgalikda erishamiz!